Urganch davlat universiteti “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasi o'qituvchisi T.Atajanov talabalarga aqliy xujum metodi orqali “Kam tarqalgan Yevropa karam turlarining yetishtirilish texnalogiyasi”mavzusida ilmiy-uslubiy seminar o'tkazdi.
Ma’ruzachi T.Atajanov o‘z ma’ruzasida kam tarqalgan yevropa karam turlari jumladan: qizil boshli karam, gul karam, kolrabiy karami, brokkoli karami, bryussel karami, va bargli karamlarni kundalik hayotimizda, xalq xo’jaligimizda tutgan o’rni, ularning tashqi muhit omillariga munosabati, karam turlarining biologik o’xshashliklari, yetishtirish texnologiyasida esa yer tanlash, ekish, ekis sxemasi, muddati, sug’orish, o’g’itlash va iqtisodiy samaradorligi, rentabilliligi kabi tadbirlarni qanday olib borilishi to’g’risida klaster uslubidan foydalanib to’liq va batafsil ma’lumotlar berildi.