Bugun, 29-noyabr kuni Xorijiy filologiya fakultetida “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi tomonidan “Tillar kuni” oʼtkazilmoqda. Shu munosabat bilan ko’rgazma tashkil etildi. Ushbu ko’rgazma fakultet talabalariga rus til ko’nikmalarini yanada chuqurroq o’rgatish, ulardagi rus tiliga bo’lgan qiziqishni oshirish maqsadida yorqin va o’ziga jalb qiluvchi poster va plakatlar, turli kreativ materiallardan foydalangan holda tashkil etildi. “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi mudiri F.Rajabova boshchiligida kafedra jamoasi fakultet talabalariga ushbu kun munosabati bilan flayerlar tarqatildi.
Aytish joizki, bu turdagi ko’rgazmalar fakultetda doimo kreativlik bilan, o’zgacha ruhda o’tkazib boriladi.