Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan, Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostidagi “Targʻibot poyezdi” loyihasi aʼzolari bugun Urganch davlat universitetida boʼldilar.
Tashrif doirasida yosh targʻibotchilar tomonidan UrDU talabalari bilan turli interfaol oʻyinlar, tanlovlar, viktorinalar va huquqiy seminarlar tashkil etildi.
“Targʻibot poyezdi” loyihasi yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlari mustahkamlash, ularning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.