ILMIY-USLUBIY SEMINAR

31 oktabr, 2023 yil Xorijiy filologiya fakulteti, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Atadjanova Surayyo tomonidan reja asosidagi ilmiy-uslubiy seminar o'tkazildi. Bunda ma'ruzachi '"O'qish ko'nikmalarini rivojlantirish va baholashda interaktiv ish qogozlaridan foydalanish" mavzusida gapirib,xozirgi kundagi doimiy baholash ( formative assessment) va o'z o'zini baholashning ( self- assessment)  til o'rganuvchilarining ko'nikmalarini yahshilash uchun eng asosiy vositalardan biri ekanligi xaqida gapirib bunga misollar keltirdi. Ilmiy uslubiy seminar bahs munosara shaklida o'tib,bunda qatnashuvchilar ham o'z fikrlarini bildirib faol ishtirok etishdi.