“Top 10 Innovator” va “Ideator-Uzbekiston 2030” tanlovlari g'oliblari aniqlandi

Urganch davlat universiteti talabalarining ilmiy va innovatsion g’oyalari, loyihalarini saralab olish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Top 10 Innovator” va “Ideator-Uzbekiston 2030” tanlovlari  o’tkazildi. 
 
Unda iqtidorli va faol talabalar o'zlarining innovatsion loyihalari bilan ishtirok etishdi. Tanlovga taqdim etilgan loyihalar komissiya a'zolari tomonidan baholandi.

"Top 10 Innovator” loyihalar tanlovi g’oliblikini qo’lga kiritgan 10 nafar innovatorlar Yoshlar akademiyasi fakultet liderligiga tavsiya qilindi.

"Ideaton –Uzbekiston2030”  tanlovi bo’yicha g’oliblar:

1-o’rin:  M.Ko’palova (Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakultetining talabasi);  
2-o’rin:  S.Abdullayev (Texnika fakultetining talabasi);
3-o’rin:  L.Sa‘dullayeva va M.Qo'shnazarova (Kimyoviy texnologiya fakultetining talabalari).