Oliygohimizning barcha bino va fakultetlarida bayramga tayyorgarlik jarayonlari qizg’in darajada olib borilmoqda. Xorijiy filologiya fakulteti ham bundan mustasno emas. Yangi yil nafasi ufurib turgan ushbu fakultetda o’zgacha serjilo bezaklar va chiroqlar, yangi yil timsoli bo’lmish archa o’qituvchi va talabalarga birdek ko’tarinki kayfiyat baxsh etmoqda.
Bugun erta tongdan "Ingliz tili kuni" doirasida fakultet talabalari bayram stolini bezatib, turli shirinlik, meva va salatlar bilan barchani mehmon qilishdi va yuqori kayfiyat ulashishdi.
Barchaga Yangi yil muborak!