Bugun, 3-fevral kuni Urganch davlat universitetida "Talabalar ligasi" 2-bosqich sport musobaqalarining basketbol bo’yicha bellashuvlari viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari oʻrtasida davom etdi. Unda viloyatimizning barcha oliy ta’lim muassalarining jamoalari ishtirok etdilar.

Jarayonlar avvalida universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev hamda Sport klub raisi oʻrinbosari M.Rahimovlar jamoalarni qonun-qoidalar bilan tanishtirdilar.

Natijalar quyidagicha bo'ldi:
1-o’rin UrDU jamoasi;
2-o’rin UrDPI jamoasi;
3-o’rin TTA UF jamoasi.