Kuy-qo‘shiq bo‘lib dillarda yashayotgan so‘zlar ijodkori...

Dilga yaqin san’at, ijod namunasi, kuy-qo‘shiqlar borki, uning ortida el suygan qaysidir iste’dod mehnati bor. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ana shunday iste’dodlardan biri edi. Agar hayot boʻlganida el suygan shoir Muhammad Yusuf bugun 70 yoshni qarshilagan boʻlar edi.

Urganch davlat universitetida O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni aynan sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlandi. 

Urganch davlat universitet rahbariyati, O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirni universitet rektori B.Abdullayev ochib berib, shoir shaxsi va uning ijodiy mahorat borasida fikrlarini bildirdi. 

Tanlov O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she'riyati, Rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun esa rus shoirasi Marina Ivanova Svetayeva ijodi yuzasidan oʻtkazilib, unda fakultetning 11 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro bellashdilar. Badiiy qismda Amaliy filologiya ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabalarining chiqishlari namoyish etildi.

Tanlov davomida badiiy chiqishlarning har birida shoir Muhammad Yusuf ijodiga murojaat etildi. Koʻngillarga birdek yoquvchi sheʼrlari ifodali oʻqildi.

Tanlov yakunida fakultet dekani D.Gʻayipov gʻoliblarni munosib taqdirladi.