UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Seminar O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Seminar yig'ilishida dotsent (v.b.) Xurshida Qodirovaning "Zamonaviy tilshunoslik masalalari" fanini o'qitishda interfaol metodlar", kafedra o'qituvchisi Dilbarjon Allaberganovaning "Ona tili darslarida kichik guruhlar bilan ishlash – ta'lim samaradorligini oshirish masalasi" mavzularida
ma'ruzalari tinglandi.