Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimiz markazidagi "Avesto" bog' majmuasida viloyat miqyosida bayram sayli bo'lib o'tmoqda.
Bayram saylida namoyish qilinayotgan milliy urf-odatlar, turli xalq o'yinlari, ilmiy va innovatsion texnologiyalar hamda milliy taomlarimiz ko'rgazmalarida UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchi va talaba-yoshlari ham faol ishtirok etmoqda.
Xalqimiz azal-azaldan Navro'z bayramini keng nishonlab keladi. Mazkur ayyom o'zida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, bir-biridan shirin taomlar, xalq o'yinlari kabi ma'naviy-madaniy boyliklarimizni aks ettirishi bilan alohida ahamiyatga ega.