UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti rus tili ta'lim yo'nalishi 232-233-guruh talabalari 9-May – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi faxriy ustozlari - dotsent Zulfiya Ruzmetova, dotsent Bekbergan Allaberganov , Bobojonov Xushnudlar bilan uchrashib, qadrli ustozlarning umr yo'li va ilmiy-pedagogik faoliyatlari borasida ma'lumotlarga ega bo'lib, ularni bayram bilan samimiy qutlashdi."Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan fakultetimizda faoliyat olib borayotgan faxriy ustozlarning holidan xabar olinib, umr yo'li davomida orttirgan hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashishdi va bayram bilan sovg`alari topshirildi.