Bugun AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi va Amerika Xalqaro ta'lim kengashi ( American Councils) homiyligida Urganch davlat universitetida faoliyat yuritayotgan Urganch va Qoʻshkoʻpir: "English Access Microscholarship program Cohort 2022-2024” dasturining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Loyihaning bitiruv kechasida UrDU rektori B.Abdullayev, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozovlar ishtirok etib, 2 yil davomida dasturni muvaffaqiyatli tugatgan talaba va oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.
Shuningdek, senator F.Saʼdullayeva, loyiha koordinatori, Xorijiy filologiya fakulteti dostent F.Masharipova va AQSH elchixonasining "English Language Fellow" dasturi o'qituvchisi Reychel Bairdlarning nutq soʻzlari tinglandi.
Tadbirda loyiha talabalari turli musiqiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari orqali o‘z bilimlarini namoyish etdilar.
Bitiruv kechasi yakunida muvaffaqiyatli tugatgan talaba va oʻquvchilar sertifikat hamda AQSH elchixonasining sovgʻalari bilan taqdirlandi.