UrDUda Yoshlar kuni keng nishonlandi

30-iyun kuni Urganch davlat universitetida Yoshlar kuniga bag'ishlangan tadbirlarning ochilish marosimi o'tkazildi. Dastlab universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev barcha yoshlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tiladi. 

Tadbirda tegishli bo‘limlar mas’ullari, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovinlari, talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

Shundan so'ng, turli sport musobaqalari va intellektual o'yinlarga start berildi.

Dastlab "Zukko kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi. Unda talabalar badiiy adabiyotlari yuzasidan savol-javoblarda ishtirok etdilar.

Xususan, sportning shaxmat va shashka turlari bilan birga "Zakovat" intellektul o'yinlari ham juda qizg'in darajada bo'lib o'tdi. Shuningdek, tennis va stritbol bo'yicha o'tkazilgan musobaqalar qizg'in davom etdi. Musobaqalarda sportga qiziqishi baland barcha talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o'zaro kuch sinashdi.