Bugun, 30-iyul kuni Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Xorijiy filologiya fakulteti oʻqituvchisi Nazarov Murodjon Maxsudbekovich 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbek mumtoz yodnomalarining ingliz tiliga tarjimasida inson holatini bildiruvchi frazeologik birliklarning struktur-semantik tahlili (Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asarining Bregel tarjimasi materiallari misolida) mavzusida yozilgan dissertatsiya ishini 100 % ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Nazarov Murodjon Maxsudbekovichni ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻliq, ilm yoʻlida yuksak parvozlar tilaymiz. Universitetimizda olimlar safi kengayaversin!