Urganch davlat universiteti taklifiga binoan universitetning hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasalari vakillari, jumladan, Turkiyaning Istanbul Gelisim universiteti Ilmiy ishlar va rivojlanish bo‘yicha prorektori Prof. Dr Necmettin Maraşlı, Ta’lim va tarbiya ishlari bo‘yicha prorektori Prof. Dr Nuri Kuruoğlu hamda Turizm kafedrasi mudiri Asst. Prof. Ramazan Inan “Qovun sayli” festivalida ishtirok etish uchun tashrif buyurishdi.
Ayni paytda mehmonlar Xalqaro hamkorlik bo'limi vakillari hamrohligida festivalda qatnashib, Urganch davlat universiteti pavilonida qovun va turli poliz ekinlaridan tayyorlangan mahsulotlarga juda katta qiziqish bildirishmoqda.
Azaldan oltin voha sanalgan Xorazmning mirishkor dehqonlari tomonidan yetishtirilayotgan, dunyoga dong'i ketgan, mazasi tilni yoradigan har xil navdagi qovunlar va poliz ekinlari mazasi mehmonlarning hayratiga sabab bo’lmoqda.