Joriy yilning 10-11 avgust kunlari Urganch davlat universitetida o’tkazilayotgan “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”da universitetning xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari vakillarining ishtiroki forumga xalqaro tus bermoqda.
Jumladan, Turkiyaning Istanbul Gelisim universiteti Ilmiy ishlar va rivojlanish bo‘yicha prorektori Prof. Dr Necmettin Maraşlı, Ta’lim va tarbiya ishlari bo‘yicha prorektori Prof. Dr Nuri Kuruoğlu, Turizm kafedrasi mudiri Asst. Prof. Ramazan Inan hamda Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Sakakura Noriji forumda taqdimotlari bilan ishtirok etish, turizim sohasidagi xalqaro tajribalar bilan o’rtoqlashib, bugungi forum ham O’zbekistonning turizim salohiyatini yanada mustahkamlashda muhim poydevor bo’lishini ta’kidladilar.