Bugun, 6-sentabr kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Magistratura boʻlimi boshligʻi Yoʻldosh Taxirov hamrohligida 2024/2025 o’quv yilida magistratura mutaxassisliklariga o’qishga tavsiya etilgan magistrlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda oʻquv jarayonlarining tashkil etilishi, taʼlim Kredit-modul tizimi asosida olib borilishi, darslar 9-sentabrdan boshlanishi va universitetda magistrlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.
Ochiq va samimiy tarzda o’tgan muloqot chog’ida magistrlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.