Bugun Urganch davlat universitetida “Biz bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir hamda "Talabalik qasamyodi"ni qabul qilish marosimi ko’tarinki shukuh bilan nishonladi.
Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan turli soha vakillari, davlat va jamiyat arboblari, tadbirkorlar, olimu shoirlar, talaba-yoshlarning ota-onalari mehmon sifatida ishtirok etishdi.
Davlatimiz madhiyasi jaranggi bilan boshlangan tadbirni Urganch davlat universiteti rektori, professor Baxrom Abdullayev kirish so’z bilan ochib berdi. Mustaqilligimizning 33 yilligi va yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan barchani qizgʻin tabriklab, talabalarni yangi oʻquv yilida yangi marralar, natijalarga erishishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Tantanali marosimning tabrik soʻzlarida Xorazm viloyati “Nuroniy jamg’armasi” raisi R.Sultonov, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi rahbari G.Ibodullayeva, UrDU professori X.Bobojonovlar soʻzga chiqib, yurtimizda soʻnggi yillarda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtaldilar, talabalik baxtiga muyassar boʻlgan yoshlarni samimiy tabrikladilar.
Tadbir yakunida Urganch davlat universitetining 1-kursiga qabul qilingan talabalari nomidan 2024-2025 o'quv yili uchun qabul test sinovlarida eng yuqori ball to’plagan talabalar "Talabalik qasamyodi"ni qabul qilishdi.
Urganch davlat universitetining barcha professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlariga yangi 2024-2025 o'quv yili muborak boʻlsin!