Ozarbayjon Respublikasining delegatsiyasi a'zolari bilan rasmiy uchrashuvi o'tkazildi

Bugun Ozarbayjon Respublikasi Shusha shahri delegatsiya rahbari Aydin Kerimov boshchiligida delegatsiya a’zolari hamda Urganch davlat universiteti rahbariyatining rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Muloqot chog’ida ikki qardosh davlatning azaliy doʻstlik aloqalari va mushtarak jihatlari eʼtirof etildi. Rektor B.Abdullayev Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati hamda xalqaro hamkorlik aloqalari bilan yaqindan tanishtirdi. O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan yaqin hamkorlik aloqaalari va aynan ushbu uchrashuv ham markaz tashabbusi bilan tashkil qilinganligi haqida to‘xtaldi. Ikki davlat o’rtasida do’stlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash borasida fikrlar bildirdi. Xususan, universitetda ozarbayjonlik talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvlarini yoʻlga qoʻyish haqida toʻxtalib,  2025-yil may oyida universitetda o’tkaziladigan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Ozarbayjon Respublikasi talabalarini taklif qildi. 

Oʻz navbatida, janob Aydin Kerimov Urganch davlat universiteti tomonidan bildirilayotgan ushbu takliflarni mamnuniyat bilan qabul qildi hamda Ozarbayjondagi Qorabog’ universiteti bilan Urganch davlat universitetining hamkorligini oʻrnatish istagini bildirdi. Tomonlar universitetlar o’rtasida turizm va me’morchilik sohalari bo’yicha hamkorlik aloqalarini o’rnatishga kelishib olishdi.