KOREYA XAFTALIGI: “KOREYA FILM FESTIVALI” da Urganch davlat universiteti KSLE (Koreyashunoslik va til ta’limi) loyihasi a’zolari va koreys yo’nalishi talabalarining ishtiroki

2024 yil 10-sentaybr kuni Koreya Respublikasining O’zbekistondagi Elchixonasi va Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Xiva shahar Ichon Qala majmuida  “2024 KOREA WEEK KOREAN FILM FESTIVAL” tadbiri bo’lib o’tdi.

         Koreya xaftaligi doirasidagi ushbu kino-festivalda Urganch davlat universiteti KSLE (Koreyashunoslik va til ta’limi) loyihasi vakillari Surayyo Atajanova, Xilola Raximova, Xorijiy filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish (koreys tili) yo’nalishining birinchi va ikkinchi kurs talabalari hamda Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishi to’rtinchi kurs talabalari, Xorazm viloyati hokimligi madaniyat xodimlari, Xorazm viloyatidagi Koreys Madaniyat Markazi vakillari, viloyatning koreys millatiga mansub faxriy namoyondalari, maktab o’quvchilari, Xiva shahriga dunyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyoxlar hamda barcha xoxlovchilar taklif qilindi va faol ishtirok etishdi.

         Kino-festival davomida tashrif buyuruvchilar koreys filmlarini maroq bilan tomosha qilishdi, barchaga koreya milliy madaniy suvenirlari taqdim qilindi