Bugun, 5-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi 316-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Urganch davlat universitetida Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi G.Xudayberdiyeva boshchiligidagi ichki guruh tomonidan universitetda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyganligi, ayol pedagog va xodimlarning ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining mavjudligi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va dekan maslahatchilarining ish rejasi ijrosi holati hamda “Qizlarjon”, “Lider qizlar” klublari faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyilganligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning dasrdan bo’sh vaqtlarida oliygohda tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, toʻgaraklar va sport musobaqalaridagi ishtiroklari yuzasidan suhbat olib borildi. Dars jarayonlarini kuzatishdi.
Yakunda Xotin-qizlar maslahat kengashi faollari bilan uchrashuv oʻtkazilib, oʻrganilgan jarayonlar tahlil qilindi hamda zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.