Xabar berganimizdek, joriy yilning 2-8 noyabr kunlari talabalar almashinuvining "Language teaching school" loyihasi doirasida Gansu qishloq xoʻjaligi universitetining 17 nafar magistr talabalari oʻqituvchilari Xu Peng hamda Ma Xiaojie boshchiligida Urganch davlat universitetida taʼlim olishdi. Bir hafta mobaynida Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining salohiyatli professor-oʻqituvchilari xitoylik talabalarga ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish borasida oʻz bilim, mahorati va tajribalarini o’rtoqlashishdi.
Bugun Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashib, samimiy muloqot olib bordi. Mehmonlarimiz tashkil etilgan ushbu almashinuv dasturidan mamnun ekanligini bildirib, oliygoh professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilgan dars mashg’ulotlarining oʻziga xosligini eʼtirof etishdi. Universitetning ozodaligi, talabalarga yaratilgan sharoitlar, ayniqsa, yotoqxonalardagi qulayliklar ularga juda maʼqul boʻlganini taʼkidlashdi hamda Urganch davlat universitetiga yana kelish istagini bildirishdi.
Shundan soʻng, loyiha ishtirokchilarga rektor tomonidan sertifikatlar topshirildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o’z esdalik sovg’alarini bir-birlariga ulashishdi.
Eslatib oʻtamiz, bugun xitoylik talabalarning “Yoshlar va turizm” festivali doirasida Xorazmning turistik maskanlariga sayohat qilishi rejalashtirilgan.