Ilmiy ishlar

Joriy yilning 3-10 noyabr kunlari Portugaliyaning Tavira shahrida bo’lib o’tayotgan "18th interdisciplinary colloquium on proverbs" nomli xalqaro konferensiyada Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi tayanch doktoranti Dildora Artikova ham ishtirok etmoqda.  Mazkur konferensiyada universitet doktoranti "Women stereotyping in Uzbek proverbs" mavzusida ma’ruza qilib, konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Bu kabi konferensiyalarda universitet o’qituvchilarining ishtiroki xalqaro miqyosda oliygoh nufuzini yanada oshirishga xizmat qilib, xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashishga imkon beradi.