Millatlararo hamjihatlik taraqqiyotning muhim omili

Bugun, 16-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “16-noyabr - Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan "Millatlararo hamjihatlik taraqqiyotning muhim omili " mavzusida Fizika-matematika, Texnika, Ijtimoiy-iqtisodiy hamda Xorijiy filologiya fakultetlari dekan maslahatchilari va fakultet tyutorlari boshchiligida tadbir o'tkazildi.

Tadbir bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida  talabalar tomonidan millatlararo doʻstlikni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi.