“Biotexnologiya sohasida ta’lim va o‘qitish sifatini takommillashtirish muammo va yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

Bugun Urganch davlat universitetida Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti Biotexnologiya kafedrasi tashabbusi bilan “Biotexnologiya sohasida ta’lim va o‘qitish sifatini takommillashtirish muammo va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. 

Konferensiyani oliygoh birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berib, anjuman faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Unda Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari, Urganch davlat universiteti olimlari va tadqiqotchilari hamda viloyatdagi bir nechta Mas’uliyati cheklangan jamiat vakillari ishtirok etishdi. 

Konferensiyada barqaror rivojlanish maqsadiga erishishda noan’anaviy manbalarning ahamiyati, o‘simlik - tuproq-mikroorganizm munosabatini tiklashda samarali ta’sirga ega rizobakteriyalarga asoslangan biopreparatlardan foydalanish singari mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.