26-noyabr kuni Urganch davlat universiteti talabalar turar joylarida yashovchi yoshlarni bo′sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda talabalarga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida barcha yotoqxonalarda "TTJ oqshomi" tadbirlari tashkil etildi.

Ushbu tadbir doirasida talabalar o’rtasida shashka va shaxmat sport turlari bo'yicha musobaqalar, "Oshpazlar tanlovi" bo'lib o'tdi hamda "Talabalik oltin davrim" mavzusida tanlov o'tkazildi. Unda fakultet talaba-yoshlari faol ishtirok etib, o'z iqtidorlari yuzasidan fikr almashishdi. Shuningdek, "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati UrDPI "Milliy gʻoya va falsafa" kafedrasi oʻqituvchisi A.Madrahimov ishtirokida tashkil etildi.

Jarayonlarda Urganch davlat universiteti birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi A.Shakarov hamda mas'ul xodimlar ishtirok etishdi. "TTJ oqshomi" doirasida tashkil etilgan tanlov va musobaqalar oliygoh Madaniyat saroyida o'tkazilgan "KARAOKE TIME" dasturi bilan yanada qizg'in tus oldi.

Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Talabalalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan karaokida TTJ dagi talabalarimiz o‘zlarining iste'dodlarini namoyish etishdi.