2024-yil 3-dekabr kuni Urganch davlat universitetida navbatdagi universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Dastlab Kengash raisi tomonidan anʼanaga muvofiq, oliygoh jamoasining yutuqlari eʼtirof etildi. Jumladan, xalqaro va respublika fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan talabalar va ularning ustozlariga diplom hamda statuetkalari topshirildi, tashakkur bildirildi. Shuningdek, “Sanʼat” kafedrasi professori S.Xudayberganovga Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro adabiyot, san’at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi tomonidan berilgan Akademik guvohnomasi topshirildi va jamoaning keyingi faoliyatlarida ham davomli muvaffaqiyatlar tilandi.
Shundan soʻng, Kengash yigʻilishida kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan masʼullarning hisobot va axborotlari tinglandi. Kengash oʻz ishini har xil masalalar va saylovlar bilan yakunladi.