“Yangi O‘zbekiston – islohotlar falsafasi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy anjuman

Bugun Urganch davlat universitetida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” gʻoyasi ostida tashkil etilgan ziyolilar forumi kunning ikkinchi yarmida   “Yangi O‘zbekiston – islohotlar falsafasi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy anjuman bilan davom etdi. 

Unda viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlar, tyutorlar, dekan o‘rinbosarlari, maktab direktor o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda onlayn ishtirok etishdi.

Anjumanda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati rahbari, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori B.Xusanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod,  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari B.Abdirimov singari “Ma’rifat karvoni” loyihasining bir guruh ziyolilarining Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari mazmun-mohiyati, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalar haqidagi maʼruzalari tinglandi.