Sheroziylar yaratgan bo‘ston

O'zidan yuksak nom qoldirib, shogirdlari qalbida hali ham barhayot yashayotgan ikki buyuk siymo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Madrahim Sheroziy hamda filologiya fanlari doktori, professor Otanazar Madrahimovlar xotirasiga bag‘ishlangan “Sheroziylar yaratgan bo‘ston” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha bo'lib o'tdi.

Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu xotira kechasida Urganch davlat universiteti rahbariyati va professor-oʻqituvchilari,  ustozlarning oila a'zolari,  kasbdosh do'stlari, shogirdlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov kirish so'z bilan ochib berib, Madrahim Sheroziy  hamda Otanazar Madrahimovlarni  xotirladi, ularning bosib oʻtgan ibratli umri yoʻli, namunali ish faoliyatlari, taʼlimga qoʻshgan hissasi borasida toʻxtaldi.

Xotira kechasida soʻzga chiqqanlar O‘zbekiston xalq artisti Madrahim Sheroziyning Xorazm qo'shiqchilik san’atiga qo'shgan ulkan hissasi, professor Otanazar Madrahimovning 15 yillik rektorlik faoliyati davomida taʼlim dargohida erishilgan yutuqlarga atroflicha toʻxtalib, har bir yosh avlod namuna boʻlishga arziydigan insonlar boʻlishganligini taʼkidlashdi.

Tadbirda Madrahim Sheroziy xotirasiga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi. Shuningdek, Sanʼat kafedrasi oʻqituvchilarining kuy-qoʻshiqlari tinglandi. Talabalar tomonidan badiiy chiqishlar taqdim etildi.