Xushxabar

O‘zbekistonning 7 ta oliygohi qatorida Urganch davlat universiteti QS agentligining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasidagi eng yaxshi universitetlar reytingidan joy oldi 

10-dekabr kuni oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi QS Quacquarelli Symonds 2025-yil uchun Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha jahondagi eng sara universitetlar reytingi – “QS Sustainability Rankings 2025”ni e’lon qildi. 
Dunyoning ikki mingga yaqin universitetlarini qamrab olgan mazkur reytingdan O‘zbekistonning yettita oliygohi qatorida Urganch davlat universiteti ham joy oldi.

Urganch davlat universiteti nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqada  oʻz darajasini tobora yaxshilab bormoqda. 

Ushbu quvonchli xabar  munosabati bilan oʻzining yuksak salohiyati va boy tajribasini ayamasdan sharaf bilan faoliyat olib borayotgan Urganch davlat universiteti jamoasining har bir pedagog va ishchi xodimlarini chin dildan qutlaymiz.