✅ Joriy yilning 14-noyabr kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabalari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi S.Sa'dullayev ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
✅Uchrashuvda talabalarga universitetda ta’lim olishga qaratilgan keng shart-sharoitlar yaratilganligi, o‘quv qo‘llanmalari, axborot-resurs manbalari bilan ta’minlanganligi aytib o‘tildi hamda ilmiy-akademik faoliyatni pul bilan sotib olish, moddiy naf olish maqsadida noto‘g‘ri harakat qilish, plagiatni, akademik korrupsiya holatlarini oldini olish va bartaraf etish haqida tushuntirishlar berildi.