Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil

✅Bugun, 28-noyabr kuni Urganch davlat universitetida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan viloyatda joylashgan oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish Xorazm viloyati hududiy Kengashi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil” mavzusida universitet talaba-yoshlari ishtirokida targ'ibot-tashviqot uchrashuvi o'tkazildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish Xorazm viloyati hududiy Kengashi mas’ul xodimi P.Ro’ziboyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi mas’ul xodimi B.Qobulov hamda viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi xodimi X.Rajabovlar ishtirok etib, talabalar bilan mavzu yuzasidan suhbat olib borishdi.

Uchrashuv davomida korrupsion huquqbuzarliklar uchun belgilangan jazo choralari yuzasidan ma’lumotlar keltirilib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.