Joriy yilning 19-25- dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu chempionatda Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 2-bosqich Ogʻir atletika yoʻnalishi talabasi Bardiyev Hasanboy -81 kg vazn toifasida ishtirok etib, Osiyo chempioniga aylandi.
Uning natijalari:
Dast koʻtarish mashqida 156 kg – Oltin medal
Siltab koʻtarish mashqida 187 kg – Kumush medal
Ikki kurash natijasi – 343 kg – Oltin medal
Urganch davlat universiteti jamoasi nomidan ushbu muvaffaqiyat bilan chempion talabamizni hamda uning murabbiylarini chin dildan qutlaymiz va galdagi nufuzli musobaqalarda ham yuqori marralar tilaymiz!

