Joriy yilning 27-dekabr kuni Urganch davlat universiteti Kengashining 2024-yil yakunlariga bag’ishlangan sarhisob yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Kengash Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi. Dastlab rektor v.v.b. S.Xodjaniyozov universitet jamoasini yangi 2025-yil bilan samimiy tabrikladi. 2024-yilda erishilgan natijalarni eʼtirof etdi hamda «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili» da universitet jamoasi oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida gapirib o'tdi.
Yigʻilish avvalida Oliy Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ilmiy daraja olgan 2 nafar professor-o‘qituvchilarga PhD diplomlari topshirildi. Shuningdek, xorijiy tillar bo’yicha o’tkazilgan xalqaro olimpiadada faxrli o’rinlarni egallagan Xorijiy filologiya fakulteti talabalari va ularning ustozlari eʼtirof etilib, sertifikatlari taqdim etildi.
Urganch davlat universitetning bir guruh professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlarining 2024-yildagi namunali va fidokorona xizmatlari e'tirof etilib, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shundan soʻng, Kengashning 5-majlisida kun tartibidan oʻrin olgan masalalar boʻyicha axborot va hisobotlar tinglandi va Kengash yigʻilishi saylovlar hamda turli xil masalalar muhokamasidan so′ng o′z ishini yakunladi.