Xorijiy filologiya fakulteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasida 2025-yil 9-yanvar kuni "Ingliz va o'zbek tillarida nutq etiketining milliy va madaniy xususiyatlari" mavzusida kafedra o'qituvchisi Matyakubov Zohidning ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi. lmiy-nazariy seminarda "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari qatnashdilar. Matyakubov Zohid seminar davomida o'zbek va ingliz tillaridagi til va nutq birliklar va ularning milliy va madaniy xususiyatlari, o'zaro oxshash va farqli jihatlari haqida ma'lumot berdi. U o'zbek tilidagi nutqiy birliklarning ingliz tilidagi muqobillarini tahlil qildi. Seminar davomida ushbu birliklardan o'rinli foydalanishda milliy xususiyatlarni hisobga olish zarurligi ta’kidlandi.
Ishtirokchilar mavzuni muhokama qildilar va qo‘shimcha tadqiqotlar olib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.