Bugun, 13-yanvar kuni Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida Urganch davlat universitetida ham 2024/2025 o'quv yili kuzgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi. Jarayonlar ochiq va shaffofligini ta’minlash maqsadida ochiq ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari orqali nazorat qilib borilmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 452-son buyrugʻiga asosan, yakuniy nazorat turini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruh hamda yakuniy nazorat ishlarini baholovchi tajribali professor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantirildi.
Nazorat jarayonlarini https://live.urdu.uz/category/7/ havolasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin!
Qadrli talabalar, eslatib oʻtamiz, imtihon jadvalida belgilangan imtihon vaqti rasman boshlanganidan so’ng kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Imtihonlarga uyali aloqa vositalari, mikro quloqchin va boshqa ko’chirmachilikka sabab bo’ladigan har qanday vositalarni olib kirish taqiqlanadi va ushbu holatlar aniqlanganida, talaba imtihondan chetlashtiriladi. Imtihonlarga oʻz vaqtida yetib kelishingizni soʻraymiz!