UrDU voleybolchi qizlar jamoasi

Xabaringiz bor, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Universiada musobaqalarining Respublika bosqichi 5 kun davomida Buxoro viloyatida o‘tkazildi. Unda Urganch davlat universitetining yigitlar va qizlar jamoasi faol ishtirok etishdi. Finalda talaba-qizlarimiz Andijon jamoasi bilan o'zaro bellashib, birinchilikni qo'lga kiritishdi.

Natijalar quyidagicha bo'ldi:
1-o‘rin: Xorazm viloyati;
2-o‘rin: Andijon viloyati;
3-o‘rin: Buxoro viloyati.

Talaba-qizlarimizni va ularning murabbiylarini ushbu ulkan g'alaba bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!