Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti  madaniyat saroyida Fizika-matematika fakulteti tashabbusi bilan "Milliy liboslar – ma’naviyat ko‘zgusi" mavzusida milliy liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Tadbirni Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Atajonova ochib berib, milliy liboslarning hayotimizdagi ma’naviy va madaniy ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida qizlar milliy liboslarga bag‘ishlangan she’rlar aytib, xalqimizning boy madaniy merosini madh etdilar. Shuningdek, turli hududlarga xos milliy kiyimlar namoyish qilindi, bu esa milliy liboslarning nafisligi va o‘ziga xosligini yanada yaqqol aks ettirdi. Ishtirokchilar liboslarning tarixi va ularning bezak elementlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur ko‘rgazma milliy qadriyatlarni yoshlar orasida keng targ‘ib etish, milliy g‘ururni oshirish va an’analarni davom ettirishga xizmat qiladigan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. Ishtirokchilar milliy liboslar orqali xalqimizning san’at va hunarmandchilik sohasidagi mahoratini yana bir bor his etdilar.