Bugun, 21-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida oliygoh talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazilib, unda O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyat kengashi raisi Gulsara Kurbanbayeva mehmon sifatida ishtirok etdi.
Unda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yangi O'zbekistonning bugungi va ertanggi bunyodkorlari sanalgan yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari haqida atroflicha fikr yuritilib, talaba-yoshlarimizni ilm-fan va kasb-hunarni chuqur o'rganishga da'vat etildi.
Uchrashuvda universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Q.Xamrayev ishtirok etib, universitet talaba-yoshlari bilan samimiy muloqot qilishdi hamda yoshlarning taklif va mulohazalarini tinglashdi.