Bugun, 24-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oliygoh rahbariyati ishtirokida “Bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqotda Axborot xizmati boʻlimi hamda universitetning media sohasiga qiziquvchi talabalari, yosh blogerlar va tyutorlar faol ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Qahramon Yo‘ldashev tomonidan muloqot ishtirokchilariga bitiruvchilar qanday kasbiy malakaga ega boʻlishi, xususan, bakalavriatni tamomlagan bitiruvchi oʻzining egallashi mumkin boʻlgan lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini olib borishi, dunyoqarashi bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi borasida maʻlumotlar berildi. Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimida olib borilayotgan ishlar xususida taqdimot qildi.
Muloqot davomida qatnashuvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.