Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman - german filologiyasi " kafedrasida 2024-yil 23- oktabr kuni 432-xonada navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi.
Ilmiy-nazariy seminarda "Roman - german filologiyasi " kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari qatnashdilar.
Seminarda kafedra katta o'qituvchisi Matkarimov Safarboy Rajabboyevich "Gʼarb va Sharq adabiy aloqalari(XVIII-XIV asrlar)" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.