Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman - german filologiyasi " kafedrasida 25-oktabr kuni navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.
Ilmiy-uslubiy seminarda "Roman - german filologiyasi " kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari qatnashdilar.
Seminarda kafedra katta o'qituvchisi Raximova Zarofat Matyusupovnaning "Mahalliy toponimlarning yasalish prinsiplari" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar