Bugun, 4-mart kuni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar Ittifoqining Xorazm viloyati Kengashi raisi Gʻ.Yuldashev, Ittifoqning viloyat Kengashi boʻlim boshligʻi G.Kazakova hamda oliygoh birinchi prorektori D.Ibadullayevlar ishtirok etishdi.
Saylovda barcha fakultetlardan 250 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashib, uch nafar nomzodning saylov oldi dasturi tinglandi. Hisobot-saylov yigʻilishida nomzodlar orasidan Yaqubov Mirjalol G'ayrat o'g'li ko'pchilikning ovozi bilan O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchiligiga saylandi.