AYOL-QIZLARIMIZ BAYRAMONA KUTIB OLINDI

Bugun, erta tongdan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan universitetning barcha ayol-qizlari talaba-yigitlar tomonidan bayramona tarzda tabrik va sovg’alar bilan kutib olindi.

Xusasan, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari, Fizika-matematika hamda Xorijiy filologiya fakultetlarida ham bayram o’zgacha tarzda kutib olinib, bunday hurmat-ehtirom barcha ayol-qizlarimizga manzur bo’ldi va bayramona kayfiyat ulashdi.

Go‘zallik sizni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz opa-singillar!