Bugun, 11- mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan “Ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishning pedagogik-psixologik jihatlari: muammo va yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.
Ilmiy-amaliy anjumanni universitet rektori v.v.b., professor Sardor Xodjaniyazov kirish so’zi bilan ochib berib, zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik-psixologik yondashuvining istiqbollari mavzusida fikr yuritdi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Shundan so’ng, anjuman Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri Erkin Ro‘ziyev, Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Navbahar Salayeva, Yevgeniy Naumenko va boshqa tadqiqotchilarning “Pedagogika fanining dolzarb muammolari”, “Etnopsixologiya faniga oid qarashlar va yondoshuvlarnng o’ziga xosliklari”, “Иррациональные психологические средства управления в педагогическом процессе” kabi mavzular yuzasidan ma’ruzalari bilan davom etdi.
Anjumanda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika institutidan professor-o’qituvchilar o’z ma’ruzalari bilan onlayn ishtirok etishdi.
Konferensiya o’z ish faoliyatini kunning ikkinchi qismida sho’balar yig’ilishida davom ettiradi.