Urganch davlat universiteti rahbariyati tomonidan “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari olib borilmoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, kundalik axborotlar bilan tezkor va muntazam ravishda xabardor etib borish maqsadida universitet rahbar xodimlari tomonidan “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugun Filologiya va sanʼat fakulteti dekani, professor D.Gʻayipov hamda dekan oʻrinbosari S.Yangiboyeva tomonidan ushbu fakultet talabalari uchun “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari olib borildi. 

Ushbu  mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar turli taqdimotlar va infografik materiallar orqali talabalarga yetkazilmoqda.