Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025 yil 17-yanvardagi “Oliy taʻlim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambagʻal va kam taʻminlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 18-son buyrugʻi topshiriqlari ijrosini taʻminlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektorining 2025-yil 20-yanvardagi buyrugʻiga asosan, Xorazm viloyatining Bogʻot, Gurlan hamda Qoʻshkoʻpir tumanlarida jami roʻyxatga olingan 170 nafar bitiruvchi oʻquvchilari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilishi belgilandi.
Ayni kunlarda ushbu tayyorlov kurslari boshlanishi arafasida bitiruvchi oʻquvchilar bilan individual aloqalar oʻrnatish hamda tashkil etilayotgan tayyorlov kurslaridan xabardor qilish maqsadida universitet tomonidan biriktirilgan masʼullar tomonidan tushuntirishlar olib borilmoqda.
Bugun universitet rektori v.v.b., prof. S.Xodjaniyazov ham Qoʻshkoʻpir tumanida boʻlib, bitiruvchi oʻquvchilar bilan individual suhbat olib bordi va ularga tayyorlov kurslarining ahamiyati, kurslar davomida qanday bilim va ko‘nikmalarni egallashlari kerakligi haqida batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, rektor o‘quvchilarga universitetning ta’lim sifati, abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va oliy ta’lim olish jarayonida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida ham gapirib o‘tdi.