Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida “Ma’rifat darsi” mashg‘uloti tashkil etildi

Xabaringiz bor,  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oliygoh rahbar xodimlari tomonidan “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Bugun navbatdagi mashg’ulot Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida tashkil etildi. 

Tashkil etilgan mashg’ulot davomida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani, prof. I.Abdullayev tomonidan talabalarga yurtimizda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida ma’lumotlar berildi. 

Ta’kidlash joizki, bu kabi mashg’ulotlar yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish, atrofimizda sodir bo’layotgan voqealardan xabardor qilish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirishdan iborat.

“Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari barcha fakultetlar kesimida davom etadi.