Texnika fakultetida maket yasash bo’yicha ko’rik-tanlov bo'lib o'tdi

13-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Texnika fakultetida "Arxitektura" kafedrasi tomonidan "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini ifodalovchi hajmiy fazoviy monumental kompozitsiya" mavzusida maket yasash bo’yicha ko’rik-tanlov bo'lib o'tdi.

Tanlovda talaba-yoshlar guruh bo'lib ishtirok qilib, mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uyg'unlashtirgan holda maketlar yasashdi. Tanlov oldidan fakultet dekani M.Qurbanov hamda o'qituvchilar so'zga chiqib, musobaqa shartlarini tushuntirishdi va talabalarga muvaffaqiyat tilashdi.

Tanlov davomida talabalar o'z ijodiy yondashuvini namoyish qilishdi hamda texnik bilim va muhandislik ko'nikmalarini o'z maketlarida mujassam etishdi.