Xalqaro hamkorlik

13-mart sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov boshchiligida universitet rahbariyatining 14-mart kuni universitetda bo‘lib o‘tadigan “Designing and implementing responsive interventions to sustain the career progression of current and future teachers of English language in Kazakhstan and Uzbekistan” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Buyuk Britaniyaning Linkoln universiteti, Qozog‘istonning L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti va Baishev universitetlari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Urganch davlat universitetining o‘quv dasturlari, ilmiy tadqiqotlari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, universitetning zamonaviy infratuzilmasi, o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslari va talabalarga sifatli ta’lim berishdagi yutuqlari haqida gapirildi.

Loyihani kelgusida yanada rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohada o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdi. Mehmonlar Urganch davlat universitetining rahbariyatiga loyihani qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirdilar.